Xose Antonio Kamacho: Afsuski bu yil «Barselona» chempion bo‘ladi

Xose Antonio Kamacho: Afsuski bu yil «Barselona» chempion bo‘ladi
Xose Antonio Kamacho: Afsuski bu yil «Barselona» chempion bo‘ladi

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Xose Antonio Kamacho Ispaniya chempionatida g‘oliblik uchun ketayotgan kurash haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.

- Afsuski «Barselona» chempion bo‘ladi. Men «Atletiko»ning «Levante»dan uchragan mag‘lubiyatidan juda hayron qoldim. Ulardan bunday o‘yin kutmagandim, - deydi Kamacho.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Barselona» 88 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa oxirgi turda «Granada»ga qarshi maydonga tushishi lozim. Ikkinchi o‘rindagi «Real» hisobida esa 87 ochko bor.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar