06:00 / 04.12.2022
1 372

Van Gal: "Shogirdlarim mendan zerika boshladi, ularning ko‘ziga ko‘rinmay turaman"

Van Gal: "Shogirdlarim mendan zerika boshladi, ularning ko‘ziga ko‘rinmay turaman"
Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi AQSHga qarshi o‘yindan (3:1) so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Rejamiz maydon bo‘ylab bo‘sh zonalarni ochish edi va bunga erishdik. Bir-biridan chiroyli gollar guvohiga aylandik. Ayniqsa, uchinchi golda chap qanot himoyachisi o‘ngdagisiga pas berdi - bu ajoyib.

Ammo to‘p bilan ishlashda yetarli darajada yaxshi o‘ynay olmayapmiz. To‘p raqibda bo‘lgan paytda barchasini to‘g‘ri amalga oshirmoqdamiz. Lekin o‘zimiz tez-tez keraksiz yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymoqdamiz.

O‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, aks holda, Jahon chempioni bo‘la olmaymiz. Shogirdlarimga 1 kun dam beraman. Bu vaqt oralig‘ida ularning ko‘ziga ko‘rinmayman. Futbolchilarim mendan zerika boshladi
", - dedi van Gal.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport