Italiyada Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan jamoalar safi tobora kengayib bormoqda.
“Roma” rahbariyati yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lomayotgan o‘zbekistonlik hujumchini qishki transferlar vaqtida yaxshi taklif bo‘lsa, qo‘yib yuborishini ma’lum qilganidan keyin bir necha jamoa harakat tushib qoldi.
Italiya matbuotida legionerimizga “Monsa”, “Bolonya”, “Sampdoriya”, “Spetsiya”, “Torino”, “Kremoneze” kabi jamoalar ish taklif qilishga tayyor. Ulardan bir necha poytaxt klubi bilan transfer bo‘yicha muzokara boshlagan.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://www.tuttohellasverona.it sayti A seriya autsayderi “Verona” ham Eldor Shomurodov uchun kurashga qo‘shilganini ma’lum qildi.
Veronaliklar musobaqa jadvalida so‘ngi pog‘onani egallab turibdi. Bu jamoa hisobida bitta g‘alab va ikkita durang evaziga besh ochko bor.
Klub rahbariyati jamoani A Seriyada saqlab qolish uchun qishki transferlar vaqtida tarkibni imkon qadar kuchaytirish lozimligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Verona”ning ikki yetakchi hujumchisi - Toma Anri va Kevin Lazanya tez orada boshqa klub – “Sampdoriya” o‘tib ketishi kutilmoqda. Bundan tashqari, veronaliklar safida gol urolmayotgan bosniyalik hujumchi Milan Jurich ham omadini boshqa jamoada sinab ko‘rishga qaror qilgan.
Agar bu futbolchilar yanvarda o‘zlari ko‘zlagan jamoalarga o‘tib ketsa, hujum chizig‘ida katta muammoga ega “Verona”da uch nafar forvard – italiyalik Simone Verdi, Roberto Pikkoli va serra-leonelik Yaya Kallon qoladi. Bular orasida Verdi va Kallon faqat bittadan gol ura olgan xolos.
Klub mutasaddilari ularning o‘rniga hozircha ikki hujumchi olib kelmoqchi. Rahbariyat “Roma” vakili Eldor Shomurodov va “Salernitana” markaziy hujumchisi Federiko Bonatsolli nomzodida to‘xtaldi.
Transfer tahlilchilari “Verona”ga Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish qiyin bo‘lishini ta’kidlamoqda. Chunki o‘zbek hujumchisining saviyasi yuqori diviziondan tushib ketish ehtimoli katta bo‘lgan klubni tanlaydigan darajada emas.
Yaqinda Eldor “Verona”dan ikki pog‘ona yuqorida turgan “Kremoneze” chorloviga rad etgani ham shundan dalolat beradi.
Hujumchimiz “Roma”dan ketishga tayyor. Shunga qaramay, bo‘lajak jamoasini uzoqni o‘ylagan holda tanlaydi. Shomurodovni chorlayotganlar orasida “Torino” va “Bolonya” kabi Yevrokubok yo‘llanmalari uchun kurashayotgan jamoalar bor.
Italiya matbuoti Eldor Shomurodov “Torino” taklifini qabul qilishga moyilligini yozmoqda.
Hali qishki transferlar ochilishiga uch haftadan ko‘proq vaqt bor. Eldor oldida yangi variantlar paydo bo‘lishi turgan gap. Eng muhimi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori muntazam o‘yin amaliyoti beradigan klubga o‘tishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi