07:41 / 06.12.2022
1 373

JCH—2022. Braziliya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

JCH—2022. Braziliya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha JCH—2022 nimchorak finalida Braziliya va Janubiy Koreya terma jamoalari 5 dekabr, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvda braziliyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Pentakampionlar» safida Vinisius Junior, Neymar, Risharlison va Lukas Paketa gol mualliflariga aylandi. Janubiy Koreya safida esa Payk Sin Ho o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Braziliya chorak finalga yo‘l oldi va 1/4 finalda ularga Xorvatiya raqiblik qiladi. Uchrashuv 9 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

JCH—2022
1/8 final bahsi
Braziliya – Janubiy Koreya 4:1
Gollar:
1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 13 Neymar (penalti), 3:0 – 29 Risharlison, 4:0 – 36 Lukas Paketa, 4:1 – 76 Payk Shin Ho.
Braziliya: Alisson (Ueverton, 80), Militao (Dani Alves, 63), Tiago Silva, Markinos, Danilo (Bremer, 72), Kazemiro, Lukas Paketa, Neymar (Rodrigo, 81), Risharlison, Rafinya, Vinisius Junior (Martinelli, 72).
Janubiy Koreya: Kim Shin Gyu, Kim Mun Hvan, Kim Yon Gvon, Kim Min Jje, Kim Jin Su (Hon Chhol, 46), Li Je Son (Li Kan In, 74), Chon U Yon (Son Chun Ho, 46), Hvan In Bom (Payk Shin Ho, 65), Son Hyon Min, Cho Gyu Son (Hvan Iy Jo, 80), Hvan Hi Chan.
Ogohlantirish: Chon U Yo.n (44).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2022. Braziliya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi