
Xorvatiya terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich JCH—2022 chorak finali Braziliyaga qarshi o‘yindan so‘ng (penaltilar seriyasida 4:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu g‘alaba Xorvatiya xalqi uchun bag‘ishlanadi. Biz turnirning asosiy favoriti ustidan g‘alaba qozondik.
Bu — Xorvatiya! Bizga past baho bermang deb avval ham aytgandim. Shu bilan to‘xtab qolmaymiz, davom etamiz.
Barcha qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Mening futbolchilarim aqldan ozgan», — deydi Dalich.
Xorvatiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda xorvatlarga Niderlandiya—Argentina juftligi g‘olibi raqib bo‘ladi.
Xorvatiya Terma JamoasiZlatko DalichJCH 2022Braziliya QarshiG‘alaba XorvatiyaPenaltilar Seriyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar