
JCH-2022 chorak finalidan o‘rin olgan Niderlandiya - Argentina bahsi yakuniga yetdi. Mazku uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Molina Leoning pasidan so‘ng uchrashuvda hisobni ochdi. 73-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Messi oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. 83-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Vegxorst farqni qisqartirdi. O‘yin so‘nggida uning o‘zi farqni yo‘qqa chiqardi.
Ekstra taymlarda ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa "albisileste" 4:3 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Skaloni shogirdlari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
JCH—2022
1/4 final bahsi
Niderlandiya — Argentina 2:2
Gollar: 0:1 – 35 Molina, 0:2 – 73 Messi (penalti), 1:2 – 83 Vegorst, 2:2 — 90+11 Vegorst.
Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind (de Yong, 64), de Ron (Kopmeyners, 46), de Yong, Depay (Vegorst, 78), Bergveyn (Bergeys, 46), Gakpo (Lang, 113).
Argentina: Martines, Molina (Montiel. 106), Otamendi, Romero (Pesselya, 78), Martines (Di Mariya, 116), Akunya (Talyafiko, 78), De Pol (Paredes, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Martines, 82).
Ogohlantirishlar: Timber (43), Akunya (43), Romero (45), Vegorst (45), Depay (76), Martines (76), Bergyus, (88), Paredes (89), van Deyk (90+4), Messi (90+11), Otamendi (90+12), Montiel (109), Pesselya (112), Dumfris (128), Lang (128).
NiderlandiyaArgentinaJCH-2022Chorak FinalPenalti SeriyasiMolinaning Goli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar