
Besh kun davomida BAAning Dubay shahrida mashg‘ulotlar o‘tkazgan "Lokomotiv" kecha Ar-Riyod shahriga etib bordi. Bu haqda klub rasmiy Tvitteri xabar tarqatdi.
Dubaydagi tayyorgarlik davobida "Lokomotiv" bitta o‘rtoqlik uchrashuvi ham o‘tkazib, Ummonning "Saham" jamoasini 10:1 hisobida mag‘lub etdi. "Saham"ga qarshi o‘yinda Temurxo‘ja Abduholiqov, Ruslan Koryan, Alisher Shog‘ulomov dubl qayd etishgan. Shuningdek, Islom To‘xtaxo‘jaev,Sardor Mirzaev, Lutfulla To‘raev hamda Marat Bikmaev bir martadan gol urib, hisobning o‘ta yirik bo‘lishini ta’minlashgan.
"Lokomotiv" ertangi o‘yinga to‘liq tayyor. Tarkibda Ignatiy Nesterovdan boshqa jarohatlanganlar yo‘q.
Bugun jamoa bosh murabbiyi o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etadi.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar