
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi JCH-2022 chorak final bosiqichdan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi bahsdagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz ajoyib jamoa bilan to‘qnash keldik. Maksimal natijani ko‘zlayapmiz. Jamoa sardori jarohat oldi, lekin bizda har bir futbolchi kurashmoqda.
O‘yindan avval yigitlarga Afrika tarixini yozishimiz kerakligini aytgandim. Biz buni uddaladik. Kuchli tomonlarimizga asoslanib, oldinga bordik. Bu bosqichni yengib o‘tamizmi, deya o‘zimizga savol bergandik. Endi muvaffaqiyatga erishdik va biz hali tugatmadik.
Portugaliya bizga Ispaniyaga qaraganda ko‘proq muammo yaratdi. Bu juda texnikali jamoa.
Tushuna olmayman, qanday qilib odamlar bizni tanqid qilishi mumkin. Qo‘limizdan kelganicha o‘ynaymiz, bor qurollardan foydalanamiz", - dedi murabbiy.
Marokash Terma JamoasiValid RegragiJCH-2022Portugaliya MurabbiyiAfrika TarixiMuvaffaqiyatga Erishdik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar