10:41 / 11.12.2022
1 363

Pepe: "Argentina chempion bo‘lishiga borimni tika olaman"

Pepe: "Argentina chempion bo‘lishiga borimni tika olaman"
Pepe Portugaliya Marokashga mag‘lub bo‘lib, (0:1) Jahon Chempionatini tark etganidan so‘ng hakamlarni tanqid qildi.

1/4 final bosqichidagi uchrashuvni argentinalik hakam Fakundo Telo boshqarib borgandi.

"Kutilmagan gol o‘tkazib yubordik. Kecha sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng Messi va butun Argentina gapirdi. Shunda ham o‘yinimizni argentinalik hakam boshqarishini qabul qilib bo‘lmaydi.

Ikkinchi taymda nima bo‘ldi? Darvozabon yerga yotib olaverdi. Hakam atigi 8 daqiqa qo‘shib berdi. Faqat 8 daqiqami? Jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun Portugaliyada hamma narsa bor edi, ammo bunga erisha olmadik.

Bahs davomida juda ko‘p vaqt behuda ketdi. Biz o‘z futbolimizni o‘ynashga harakat qildik. Bundan faxrlanaman. 90 daqiqa davomida Marokash futbolchilari qo‘pollik evaziga bizni to‘xtatmoqchi bo‘ldi. Hakam sariq kartochka ko‘rsatmadi va e’tibor ham bermadi. Menimcha, Bruno bilan sodir bo‘lgan vaziyatda penalti bor edi.

Bugun bo‘lib o‘tgan voqea tufayli Argentina chempion bo‘lishiga borimni tika olaman. Maydondagi 9 referidan 5 tasi argentinalik edi". Nima?

Ko‘ramiz, yakunda kim chempion bo‘lar ekan
", - dedi 39 yoshli himoyachi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pepe: "Argentina chempion bo‘lishiga borimni tika olaman"