
Splitning "Xayduk" klubi "Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixolivoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Xorvatiyaning "Xayduk" klubi Belarusning "Energetik-BGU" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan hamyurtimiz Bobir Abdixoliqovga qiziqyapti.
Alohida aytish joiz, Belarus chempionatining 2022 yilgi mavsumida 26 ta gol bilan mavsum to‘purariga aylangan va jamoasining g‘alabalariga katta hissa qo‘shgan Abdixoliqov "liganing eng yaxshi futbolchisi" deb topilgandi.
Bundan tashqari, Bobir "chempionatning eng yaxshi hujumchisi" va "chempionatning eng yaxshi to‘purari" sovrinlarini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Abdixoliqov "O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi" nominatsiyasida 2-o‘rinni olgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Xayduk" o‘zbekistonliklar uchun begona emas. Negaki, o‘tgan mavsum "Qizilqum"da o‘ynagan Temurxo‘ja Abduxoliqov 2014 yil "Xayduk" safida to‘p tepgan edi.
Xorvatiya KlubiEnergetik-BGUBobir AbdixolikovFutbolchi NominatsiyasiO‘zbekiston FutboliChempionat G‘alobalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar