Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2022 nimchorak finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyat (0:3)ga izoh berdi.
"Bugun hech qanday rejamiz ishlamadi. Endi biz tiklanib, uchinchi o‘rin uchun bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Bu mag‘lubiyatdan juda ham qattiq afsusdamiz, kambekka umid qilgandik, ammo bunday bo‘lmadi.
Argentinani va jamoa muxlislarini tabriklayman. Penalti bo‘yicha e’tirozim bor. Biz o‘yinni nazorat qilayotgan edik. Hakam bizga burchak zarbasini bermadi va bu penalti belgilanishiga olib keldi. Natijaga ta’sir qiluvchi qarorlar baribir jiddiy o‘ylanishi kerak edi", - deya Modrichning so‘zlarini keltiradi "L'Équipe".
Ma’lumot uchun, ikki karra jahon chempioni hisoblanmish argentinaliklar tarixda oltinchi marta mundial finaliga chiqishdi, finalda ular 18 dekabr kuni Fransiya va Marokash jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...