
Jahon chempionati yarim finalida kuchsiz raqiblar yo‘q. Ammo Argentina terma jamoasi 3 ta gol urib, o‘z darvozasidan bitta ham gol o‘tkazib yubormagan holda Xorvatiya ustidan g‘alaba qozondi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu jahon chempionatlarining yarim finalidagi eng yirik "quruq" g‘alaba hisoblanadi. Bu faqatgina Argentinaning o‘zi uchun emas, balki umuman olganda! Albatta, jahon chempionatining yarim finali ham nemislarning braziliyaliklar ustidan 7:1 hisobida g‘alaba qozonishi kabi aql bovar qilmaydigan natijalarni bergan, ammo ta’kidlaymizki, bu "quruq" g‘alaba emas.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining final uchrashuvi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Argentina terma jamoasi bugun bo‘lib o‘tadigan Fransiya-Marokash juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Jahon ChempionatiArgentina Terma JamoasiYarim FinalQuruq GalabaXorvatiya UstidanFransiya Marokash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar