
Yaqinda Qatarda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Braziliya terma jamoasi matbuot xodimi stol ustiga sakrab chiqqan mushukni qo‘pollik bilan ushlab, yerga tashlagandi.
O‘sha voqeadan so‘ng ko‘plab mushuksevarlar Braziliya terma jamoasi vakilini ushbu harakati uchun tanqid qilishdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasiga qarshi 200 ming dollarlik da’vo qo‘zg‘atilgan. Sudga hayvonlarni himoya qilish milliy forumi va bir guruh nohukumat tashkilotlar vakillari murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi o‘sha matbuot anjumanidan ikki kun o‘tib jahon chempionatini tark etgandi.
Braziliya Terma JamoasiMushuk VoqeasiMatbuot AnjumaniJarima MablagiHayvonlarni HimoyaNohukumat Tashkilotlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar