Yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar oynasi arafasida Eldor Shomurodovning nomi juda ko‘p bor yangraydigan ko‘rinadi.
Italiya matbuotida o‘zbek hujumchisini olishga urinayotgan jamoalar safi ko‘payib borayotgani haqida ma’lumotlar tobora ko‘p tarqatilmoqda. Yaqinda A Seriya autsayderlaridan “Kremoneze” legionerimizni so‘rab, “Roma”ga murojaat qilgandi.
Biroq, Eldor Shomurodov bu klub taklifini qabul qilmagani haqida ham xabar berildi. Aksariyat xaridorlar A Seriya musobaqa jadvalining quyi pog‘onasida borayotgani uchun ularning taklifi hamyurtimizni qiziqtirayotgani yo‘q.
Shunga qaramay, “Kremoneze” rahbariyati Shomurodov ularning chorloviga ijobiy javob qaytarmaganiga qaramay, Eldorni olish fikridan qaytgani yo‘qligini bildirdi.
Tuttomercatoweb nashrining ta’kidlashicha, “Kremoneze” qishki transferlar mavsumi yopilguniga qadar, Eldor Shomurodovni olish yo‘lidagi harakatlarini to‘xtatmayapti. Bu klub o‘zbek hujumchisining qolgan xaridorlari bilan oxirigacha raqobatlashmoqchi.
Italiya matbuoti Shomurodovning o‘zi musobaqa jadvalining teparog‘ida – Yevrokuboklar uchun kurashayotgan “Torino”ga o‘tishga moyilligini yozgandi. So‘nggi xabarlarda Turin klubi ham O‘zbekiston terma jamoasi sardoriga jiddiy qiziqmoqda va hammasi “Roma”ning pozitsiyasiga bog‘lib bo‘lib turibdi.
Eldor Shomurodovning o‘zi jamoasi bilan Portugaliyada tashkil etilgan bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Joze Mourino bu yig‘in davomida jamoa hujum chizig‘i vakillarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.
La Gazzetta dello Sport gazetasining yozishicha, Algarvedagi mashg‘ulot chog‘ida murabbiylar shtabi jamoa hujumchilari – Temmi Abraxam, Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravining gol urish qobiliyatini kuchaytirish bo‘yicha alohida ish olib boradi.
Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Roma” safida Italiya chempionati va Yevropa ligasida jami sakkiz marotaba maydonga tushib, umumiy hisobda 151 daqiqa maydonda harakat qildi. 27 yoshlt hujumchi o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Klubdagi ishlari kutilganidek ketmayotgan Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinlari orqali yuqori sport formasida ekanini namoyish eta oldi. Eldor Srechko Katanes jamoasida 2022 yil hisobida jami o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.
Terma jamoa ishtirokidagi bellashuvlarda Eldor Uganda va Maldiv orollari darvozasiga uchtadan, Janubiy Sudanga ikkita, Qirg‘iziston, Kosta-Rika va Qozog‘istonga bittadan to‘p kiritishni uddaladi.
Shu o‘rinda aytish lozimki, qishki transferlar oynasi davrida Eldor Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...