
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni final oldi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yinda rejamiz aniq. Biz ularga qanday hujum qilishni va ularning kuchli tomonlarini juda yaxshi bilamiz. Penalti bo‘lishidan ehtiyot bo‘lishimz kerak.
Fransiyada barcha zonalarda ajoyib o‘ynaydigan futbolchilar yig‘ilgan. Ularning tezkor qarshi hujumlaridan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Biz har daqiqa uchun maydonda kurashamiz va bunga tayyormiz.
- Himoyada qanday taktika qo‘llaysiz?
- Hali buni o‘ylab ko‘rmadim. Oxirgi mashg‘ulotlardan keyin bu ma’lum bo‘ladi. Ertaga biz raqibga yetarlicha qarshilik tug‘dira olamiz”, - dedi argentinaliklar ustozi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi finalda amaldagi Jahon chempionlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv ertaga “Lusail Iconic” stadionida soat 20:00 da start oladi.
Argentina Terma JamoasiLionel SkaloniFinal O‘yiniTaktika Qo‘llashRaqibga QarshilikJahon Chempionlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar