
"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Kilian Mbappeni sotib olishni istagan klublar ro‘yxati kengayib bormoqda.
"The Telegraph" nashri parijliklar uni qo‘yib yuborishga roziligini ma’lum qildi. Faqatgina xaridor jamoa g‘aznasiga 300-350 million yevro atrofidagi mablag‘ni o‘tkazib berishi lozim.
"Kilian biz uchun juda ham qadrli. Uning narxi 300-350 million yevroni tashkil etadi.
"Real" unga bizdan-da ko‘proq taklif qilgandi, ammo u Parijda qolishni ma’qul ko‘rdi. Bu ko‘p narsadan dalolat beradi. Mbappe PSJni pul uchun tanlamadi", - dedi klub vakili.
23 yoshli hujumchi 2018 yildan beri parijliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
Pari Sen-JermenKilian MbappeFutbolchilar Ro'yxatiTransfer NarxiSport YangiliklariJamoa G'aznasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar