15:04 / 18.12.2022
1 086

Messi va Mbappening mundialdagi statistikasi hayratga soladi! Ularning qay biri kuchliroq?

Messi va Mbappening mundialdagi statistikasi hayratga soladi! Ularning qay biri kuchliroq?
Jahon birinchiligi finali so‘zsiz jamoalarning yetakchilari bilan bog‘lanmoqda. Leo Messi va Kilian Mbappe figuralari hal qiluvchi o‘yinda ham asosiy rolni ijro etib berishi turgan gap. Xo‘sh, bu mundialda yetakchilarning qay biri o‘zini yaxshiroq ko‘rsatdi? Biz, buni aniqlash maqsadida 10 ta statistikada ularni solishtirib ko‘rdik.

1. Dribling

Leoda muvaffaqiyatli aldab o‘tishlar soni (43) nafaqat Kiliandan, balki turnirdagi barcha futbolchilarnikidan ko‘proq. E’tiborlisi, argentinalik atigi 60 urunishda bu natijani qayd etgan. Mbappega esa 70 ta urunish kerak bo‘ldi.

2. Darvozaga yo‘llangan zarbalar

Bu borada ham Messi mundialning eng yaxshi futbolchisi. Uning 27 bor yo‘llagan zarbalarining 15 tasi aniq manziliga yetib bordi. Kilianda esa 24 urunishdan 10 tasigina aniq chiqqan.

3. Paslar

Kilian musobaqa davomida 203 bor jamoadoshlariga pas bergan bo‘lsa, uning 162 tasi aniq chiqqan xalos. Messida bu statistika 313 ga 266 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatgich borasida mundialning eng yaxshi futbolchisi Rodri sanaladi. Uning hisobida 674 uzatma (642 ta aniq) mavjud.

4. Assistlar

Messi hisobida ayni damda 3 ta assist bor. U bu borada Grizmann, Fernandesh va Keyn bilan birgalikda yetakchilik qilmoqda. Fransuzlar vingeri undan atigi bitta kamroq golli uzatma bergan.

5. Ishlab olingan follar

Qatardagi musobaqada hech bir futbolchi Leo Messi singari ko‘p qo‘pollik bilan to‘xtatilgani yo‘q. Naqd 20 marotaba uni raqiblar kuch ishlatib muvozanatni yo‘qotishiga majbur qilgan. Ikkinchi o‘rinda 16 ta ishlatilgan qo‘pollik bilan Neymar bormoqda. PSJning uchinchi hujumchisi – Mbappe hisobida bundan qo‘polliklar soni 7 tani tashkil etadi.

6. Ofsaydlar

Leo butun turnir davomida atigi ikki bor ofsaydga tushib qoldi. Avvaliga Saudiya Arabistoni bilan, keyin Avstraliyaga qarshi bahsda. Mbappe bu borada «oldinda». U yetti marotaba voqealar rivojidan ilgarilab ketgan.

7. Penalti

Agar o‘yindan keyingi seriyadagi zarbalarni ham qo‘shib hisoblasak, Leo 5 marotaba 11 metrlik nuqtadan zarba yo‘lladi. Ularning 4 tasi golga aylangan. Fransiya joriy mundialda penalti tepgani yo‘q. Shunday ekan, Mbappe bu statistikada jamg‘argan ochkosi 0 ga teng.

8. To‘pni yo‘qotib qo‘yish

Kilian to‘pni yo‘qotish borasida «Qatar 2022»da tengsiz! To‘p unda bo‘lib turgan 71 epizodda fransuzlar hujumi barbod etilgan. Messi 53 marotaba to‘pni oldirib qo‘ygani uchun jamoa hujumini barbod qilgan.

9. Yakkakurashlar

Messi 142 bor to‘p uchun kurasha kirishgach, 64 tasida g‘alaba qozongan. Ikkinchi qavatdagi 11 duelning 4 tasi uning foydasiga hal bo‘lgan. Kilianda bu ko‘rsatgichlar biroz kamtarinroq ko‘rinish oladi. 120 urinishda 48 ta g‘alaba. Bosh bilan 9 urunishning atigi bittasi Fransuzlar foydasiga hal etilgan.

10. Kalit uzatmalar

Bu statistika borasida ham Leo finaldagi yosh raqibidan bir bosh baland. Uning aktivida 14 ta kalit pas bor. Antuan Grizmann yaqqol (8) yetakchi. Mbappe esa 5 bor o‘z uzatmasi bilan 100 foizli golli vaziyat yarata olgan.

Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, agar Fransiya mundial oltin medallarini qo‘lga kiritsa ham, Messi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin. Keling, adolatdan bo‘lishi uchun Mbappeni (553 daqiqa) finaldagi raqibiga nisbatan (654 daqiqa) ko‘proq harakat qilganini e’tirof etaylik. Shuningdek, fransuz raqibiga nisbatan ancha tartibli o‘ynamoqda. Uning hisobida birorta sariq kartochka yo‘q. Leo esa bu borada ham undan o‘zib ketishga ulguran.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi va Mbappening mundialdagi statistikasi hayratga soladi! Ularning qay biri kuchliroq?