10:13 / 19.12.2022
2 280

“Barselona” tarbiyalagan hujumchi o‘rniga Shomurodovni olamiz!

“Barselona” tarbiyalagan hujumchi o‘rniga Shomurodovni olamiz!
“Roma” rahbariyati “Torino”ning Eldor Shomurodov bo‘yicha bir necha taklifini qabul qilmaganiga qaramay, turinliklar o‘zbek hujumchisini olish harakatini to‘xtatmaslikka qaror qildi.

Italiya futbolini yoritib borayotgan https://romapress.net, https://www.forzaroma.info, https://www.pagineromaniste.com kabi bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, “Torino” Eldor Shomurodovni hozirgi hujumchisi Antonio Sanabriya o‘rniga asosiy forvard sifatida o‘ynatmoqchi.

Paragvaylik Antonio Sanabriya “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin Kataloniya klubi murabbiylar shtabi unga asosiy tarkibda o‘ynash imkonini bermagan. Sanabriya 2014 yili Ispaniyani tark etib, “Sassuolo”dan qo‘nim topdi.

Faoliyati davomida “Roma”, “Sporting Xixon”, “Jenoa” “Betis” jamoalari sharafini himoya qildi. 2021 yilning boshida “Torino”ga olib kelindi.

Turin klubi rahbariyatini 26 yoshli hujumchining to‘purarlik borasida suskashtlikka yo‘l qo‘yayotgani qoniqtirmayapti. Ayniqsa, yozda jamoaning yetti yillik asosiy to‘purari Andrea Belotti ketganidan keyin Sanabriyaga katta umid bog‘langandi. Lekin paragvaylik forvard joriy mavsumda A Seriya va Italiya kubogida 11 ta uchrashuvda qatnashib, atigi ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Tuttosport nashrining yozishicha, Sanabriya muhitni o‘zgartirish uchun “Verona” taklifini qabul qilib, o‘sha jamoaga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. Turin klubi uning o‘rniga “Roma”da yetarlicha imkoniyat berilmayotgan Eldor Shomurodovni olishni mo‘ljallamoqda.

Italiya matbuoti anchadan beri Eldor Shomurodovning ham “Torina”ga o‘tishga moyilligi borligini yozyapti. Chunki hamyurtimiz tobora zaxira o‘yinchisiga aylanib qolayotganini o‘zi ham his qilayotgan bo‘lsa kerak.

Mourino markaziy hujumchi sifatida doimo Temmi Abraxam va Andrea Belottiga ishonch bildirib kelmoqda. Jamoa "Budyo-Glimt” hujumchisi Ola Solbakkenni transfer qilgani ham Shomurodovning o‘yin vaqtiga keskin ta’sir qiladi. O‘zi legionerimiz mavsum boshidan beri juda kam – sakkizta uchrashuvda jami 151 daqiqa maydonda harakat qildi xolos.

Shu bois, qishki transferlar vaqti ketishning ayni paytdi. Aslida o‘zbek hujumchisiga og‘iz solayotgan klublar orasida eng kuchlisi ham Turin klubi hisoblanadi.

Turinliklar Yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashayotgan bo‘lsa, qolgan da’vogarlar – “Sampdoriya”, “Kremoneze”, “Monsa”, “Spetsiya” musobaqa jadvalining quyi qismidan joy olgan.

“Roma” turinliklar bilan muzokarani davom ettirayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Transfer mutaxassislari poytaxt klubi “Torino”ning Shomurodov transferi bo‘yicha taklifini qabul qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Turinliklar o‘zbek hujumchisini mavsum oxirigacha ijaraga olib, keyinchalik sotib olish huquqini berishni so‘rayapti. “Roma” sport direktori Tyagu Pinto esa barcha xaridorlardan 14-raqam egasini 11-12 million yevroga to‘liq sotib olishni talabni qilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” tarbiyalagan hujumchi o‘rniga Shomurodovni olamiz!