2 067
Messiga mundialni yutishda talisman yordam bergan! Buni Rossiyada Leoga kim sovg‘a qilganini bilasizmi?
Rossiyadagi mundialda start olgan voqeaning Qatardagi go‘zal xotimasi. Ayni damda, Messi sayyoramizning eng ko‘p muhokama qilinayotgan insoni desak, adashmagan bo‘lamiz. U ijtimoiy tarmoqlarda layklar borasida rekordlarni “urib” tashlayapti.
Shu bois, ishqibozlar nigohidan kichik detallarni ham yashirishning hozir imkoni yo‘q. Ayniqsa, finaldan so‘ng futbolchining oyoqlariga bog‘langan qizil kichik bog‘ich ko‘pchilikni oromoni o‘g‘irlagani rost. Xo‘sh, bu nima? Ishoning, bu kichik detalning ulkan hikoyasi bor! Barchasi Rossiyadagi mundialdan boshlandi.
Argentinalik jurnalist Rama Pantarotto 2018 yilgi jahon chempionatining birinchi turida miks zonada turar ekan, Islandiya bilan o‘yindan (1:1) ko‘ngli to‘lmay chiqib kelayotgan Messi bilan so‘zlashib qoladi. “Mening onam seni mendan ham ko‘proq yaxshi ko‘radi. Men doimo uning omad keltiruvchi qizil lentasini o‘zim bilan olib yuraman. Agar istasang, uni senga sovg‘a qilishim mumkin”.
Leo sovg‘ani rad etgani yo‘q, ammo jurnalist Messi ertasi kuniyoq qizil lentani otib yuborishiga shubha qilmagani aniq. 3-turdan o‘rin egallagan Nigeriyaga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng, Leo va Rama yana miks zonada uchrashib qoldi. Pantarotto Leoni g‘alaba bilan tabrikladi. Futbolchi esa chap oyog‘idagi bog‘ichni ko‘rsatib, uni bu sovg‘ani bergan kuningdan beri taqib yuribman dedi. Voqeani ko‘rgan jurnalist efir chog‘idayoq shok xolatda “ona u siz bergan bog‘ichni taqib yuribdi”, deb bir necha bor aytadi. Keyinroq, o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga Leo uning sovg‘asini jiddiy qabul qilganidan hayratda ekanligi haqida kattagina post ham yozadi.
Leo bu qizil lentani talismandek qabul qilishni boshladi. Keyinroq, u “Barselona”dagi omadsiz davrni o‘tkazayotgan Filippe Koutinoga huddi shunday lentani sovg‘a qildi. E’tiborlisi shundaki, braziliyalik futbolchi bu bog‘ichni hozir “Aston Villa” safida ham qo‘lidan qo‘ymay taqib yuribdi.
Leoning Argentina termasidagi jamoadoshlarining barchasida bog‘ich bor desak ishonasizmi? Paulo Dibala terma jamoadagi ilk golini urishidan avval Messi unga ham talisman sovg‘a qilganini aytib o‘tdi. Shuningdek, oxirgi paytlarda bu bog‘ich bilan Lautaro Martines, Rodrigo De Paul va Anhel Di Mariya ham qalin do‘st tutingan. Fransiyaga qarshi penaltilar seriyasidan so‘ng, Emiliano Martinesning bilagida ham qizil lenta ko‘rinish berdi. Yakunda Emiliano turnirning oltin qo‘plqop sovriniga ega chiqdi. Jamoa esa ortga oltin medallar bilan qaytdi.
Messining o‘zi hali-hamon bu bog‘ichdan foydalanadi. U katta o‘yinlardan tashqari, boshqa kunlarda ham talismanni yechmaslikka harakat qiladi. Oddiy bir jurnalist bergan bog‘ich Messining bugungi ulkan g‘alabasiga zig‘ircha bo‘lsa-da, hissa qo‘shmagani aniq, ammo ruhiy tomondan balki yaxshigina dalda bergandir. Sizning bu borada fikringiz qanday? “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...