
Jahon chempionati finalida Argentina Fransiyani mag‘lub etib, mundial bosh sovrinini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.
JCH-2022'dagi g‘alabadan so‘ng Leo egnida bisht bilan sovrinni boshi uzra baland ko‘tardi. (Bisht arab davlatlarining milliy libosi. Uni ko‘proq yilning sovuq faslida kiyishadi. Ko‘p hollarda turli xildagi bazm, to‘y va bayramlarda ushbu yopinchiqdan foydalaniladi).

Ma’lum bo‘lishicha, ummonlik milliarder Messi taqdirlash marosimida kiygan ushbu libos uchun 1 million yevro berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tgan Mundial eng sermahsul chempionat sifatida tarixga kirdi. Unda jami 172 ta gol kiritildi.
Jahon ChempionatiArgentina FransiyaMessi TaqdirlashMillion YevroQatarda MundialG‘alaba Tarixi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar