«Paxtakor» Ikrom Aliboyevni Janubiy Koreya klubiga transfer qildi

«Paxtakor» Ikrom Aliboyevni Janubiy Koreya klubiga transfer qildi
«Paxtakor» yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyev faoliyatini Janubiy Koreyaning «K» ligasida davom ettiradi.

O‘zbekiston chempioni 28 yoshli futbolchini «Kanvon» klubiga transfer qildi.

Aliboyev faoliyati davomida Koreyaning «Tedjon Sitizen» va «Seul» klublarida, shuningdek, Toshkentning «Lokomotiv»ida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, «Kanvon» o‘tgan mavsumda «K» ligada 6-o‘rinni egallagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar