
«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yil yakunlari bo‘yicha top-5 ligalar futbolchilar orasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.
Fransiyalik futbolchi kalendar yil davomida 32 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Keyingi o‘rinlarda 30 gol bilan Erling Holand («Manchester Siti» / «Borussiya D») va 29 ta to‘p bilan Robert Levandovski («Barselona» / «Bavariya») bormoqda.
Top-10 lik quyidagi ko‘rinishni olgan:
Kilian Mbappe («PSJ») — 32 ta gol
Erling Holand («Manchester Siti» / «Borussiya D») — 30
Robert Levandovski («Barselona» / «Bavariya») — 29
Harri Keyn («Tottenhem») — 26
Kristofer Nkunku («Leypsig») — 25
Vissam ben-Yedder («Monako») — 22
Neymar («PSJ») — 21
Chiro Immobile («Latsio») — 20
Martin Terrer («Renn») — 20
Ivan Touni («Brentford») — 20
Golli uzatma bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni «PSJ» forvardi Lionel Messi qayd etmoqda. Argentinalik futbolchi o‘tgan yili Parij jamoasi safida Liga 1 da jami 20 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
«PSJ»ning yana bir vakili Neymar har ikki ro‘yxatdan joy olgan yagona o‘yinchiga aylandi. U «gol+assist» tizimida 34 ochko to‘plagan.
Top-4 ligalarning 2022 yildagi eng yaxshi assistentlari:
Lionel Messi (PSJ«») — 20
Usmon Dembele («Barselona») — 16
Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») — 16
Deyan Kulusevski («Tottenhem») — 13
Neymar («PSJ») — 13
Alassan Plea («Borussiya M») — 12
Sergey Milinkovich-Savich («Latsio») — 12
Benjamen Burijo («Renn») — 12
Dominik Sosoblai («Leypsig») —11
Rafael Leau («Milan») — 11 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar