Klopp: "Liverpul" futbolchilari "Sevilya"ning birinchi golidan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishdi

Evropa Ligasi finalida "Sevilya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jurnalistlar bilan muloqot qildi. Uning aytishicha, mersisaydliklar jamoasi futbolchilari "Sevilya"ning birinchi javob golidan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishgan, deyiladi "Kun" nashrida.
Final Shveysariyaning Bazel shahrida, St. Jakob-Park stadionida o‘tkazildi. "Sevilya" birinchi bo‘limda Starrijning chiroyli golini o‘tkaziyu yuborgan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘z tomoniga og‘dira oldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Javob gollari Kevin Gameyro (46) va Koke (64, 70) tomonidan urildi.
"O‘yinning boshlanish qismi menga yoqmadi. Keyin gol urdik va yaxshi o‘ynay boshladik. Tanaffusga bir gol ustunligi bilan chiqish yaxshi. Haqiqiy muammolar ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq raqib hisobni tenglashtirganidan keyin yuzaga keldi. Mening futbolchilarim javob golidan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, hujumkor futbol uslubiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishdi. Ular faqat himoyalanish haqida o‘ylashdi va asabiylashib ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, biz umid qilganimizdek kerakli rivojlanishga erishmaganmiz. Biz shu ruhda davom etamiz va o‘yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz.
Xudo mening finallargacha borib unda faqat yutqazishimni yozgan deb o‘ylamayman. Hayotimda bir necha marta zafar quchganman. Men bu erda, "Liverpul" murabbiyiman.
Yana finalga chiqishimiz uchun barcha ishni qilaman. Hayotda bundan ham yomoni bo‘lib turadi, ammo bu haqiqatdan ham alamli mag‘lubiyat", deydi Klopp.
Mazkur muvaffaqiyat "Sevilya"ning UEFA Kubogi / Evropa Ligasidagi beshinchi sovrini bo‘ldi. Bungacha jamoa 2006, 2007, 2014 va 2015 yillarda g‘olib chiqqan edi. Jamoa EL tashkil etilganidan buyon shu vaqtgacha finalga chiqib biron marta yutqazmagan.
Klopp esa uchinchi finalni yutqazmoqda: 2005 yilning 30 maymida "Borussiya" bilan "Volfsburg"ga qarshi Germaniya kubogi finalida (1:3), 2016 yilning 28 fevralida "Manchester Siti"ga qarshi Angliya ligasi kubogi finalida (1:1, penaltilar seriyasida - 1:3). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing