Rossiya terma jamoasi Riodagi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishi mumkin

Rossiya terma jamoasi Riodagi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishi mumkin
Rossiya terma jamoasi Riodagi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishi mumkin

Doping dasturi” mavjudligi to‘g‘risidagi ayblovlar tasdiqlansa Rossiya terma jamoasi joriy yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilishi mumkin.

Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax Frankfurter Allgemeine Zeitung nemis nashriga ma’lum qildi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Navbatdagi doping-mojarosi Moskvaning antidoping labaratoriyasi sobiq boshlig‘i Grigoriy Rodchenkovning intervyusidan so‘ng avj oldi. Uning aytishicha, Sochidagi qishki Olimpiada o‘yinlarining kamida 15 nafar g‘olibi “doping dasturining” samarasi sanaladi.

Rossiyalik atletlarning Olimpiada-2016 ishtiroki WADA o‘tkazgan tergov ishlari natijalariga bog‘liq, deydi Tomas Bax.

Agar ayblovlar tasdig‘ini topsa, xalqaro federasiyalar va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tegishli qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar