
Publico nashri “An-Nasr” bilan shartnoma imzolagan Krishtianu Ronalduning xatti-harakatlari uning manfaatlarini himoya qilayotgan Jorje Mendesh boshchiligidagi agentlikka yoqmaganini ma’lum qildi.
Portugaliyalik yulduz o‘zining taqdimot marosimida faoliyatini davom ettirish uchun Yevropa, Braziliya, Avstraliya, AQSH va o‘z yurti Portugaliyadan ko‘plab takliflar chiqqanini, lekin va’dasiga va’fo qilib, “An-Nassr”ga o‘tganini ta’kidladi.
Biroq, Mendeshning agentligi bu ma’lumotlarni inkor qildi. Ta’kidlanishicha, Qatardagi jahon chempionatidan keyin Ronalduning o‘zi agentlaridan Saudiya Arabistoni klubi bilan bog‘lanishni so‘ragan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar