
Rimning "Roma" klubi yetakchilari Nikolo Dzanolo va hujumchi Paulo Dibala biroz oldin yakuniga yetgan A Seriyaning "Bolonya"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Jarohatdan so‘ng ular o‘yinni davom ettira olishmadi. Dastlab 60-daqiqada Dzanolo o‘rniga Temmi Abraxam maydonga tushdi. U murabbiydan buni shaxsan o‘zi so‘ragan. 74-daqiqada esa Dibalani Edoardo Bove almashtirdi. Jarohat jiddiyligi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Dzanolo joriy mavsum "Roma" safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 29 yoshli Dibalaning hisobida esa 13 ta o‘yindagi 7 gol va 2 ta golli uzatma mavjud.
Roma KlubiNikolo DzanoloPaulo DibalaA SeriyaJarohatGolli Uzatma O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar