date
views 458

PSJ xo‘jayinlari Angliyadan klub sotib oladi

PSJ xo‘jayinlari Angliyadan klub sotib oladi
PSJga egalik qiluvchi Qatar Sports Investments (QSI) kompaniyasi Angliya premer-ligasi klublaridan “Tottenxem”ga ham sarmoya kiritishga qaror qildi, deb xabar bermoqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaning ta’kidlashicha, kompaniya vakillari Angliyaning bir necha klublari bilan muzokara olib bormoqda. Ular orasida “Tottenxem” asosiy nishonlardan biri sanaladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ prezidenti va Qatar Sports Investments bosh direktori Nasser Al-Xelaifiy shu haftada “Tottenxem” xo‘jayini Deniel Levi bilan uchrashadi.

Bu uchrashuv vaziyatni ko‘zdan kechirish maqsadida tashkil qilinmoqda. Kompaniya vakillar bir necha klublarning ahvolini o‘rganib chiqqanidan keyin aniq takliflar ishlab chiqiladi.

Qatar Sports Investments kompaniyasi PSJdan tashqari Portugaliyadagi “Braga” klubining 23 foiz aksiyalarini ham qo‘lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ xo‘jayinlari Angliyadan klub sotib oladi