
Serbiyalik mashhur mutaxassis Bora Milutinovich Rossiyaning UYEFAdan chiqib, Osiyo Konfederatsiyasiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
- Qatarda yashovchi va Osiyo futbolini mukammal biladigan inson sifatida ayting-chi, Rossiya Osiyoga o‘tishi kerakmi? Bu masala hozir mamlakatda keng muhokama qilinmoqda.
- Gap shundaki, ular shu orqali qandaydir maqsadlarga erishishni ko‘zlashmoqda. Ammo Rossiyaning katta qismi Osiyoda joylashganini ham unutmaslik lozim. Bu hatto butun Avstraliyadan ham kattaroq hududni tashkil qiladi. Shunday ekan, omad tilaymiz!
- Sizningcha, bu qadam Rossiya futboliga kirib kelgan xalqaro o‘yinlardan chetlatilishi bilan bog‘liq vaziyatda yordam berishi mumkinmi?
- Bilmayman. Har bir inson Jahon chempionatiga borishni orzu qiladi va rahbarlar u yerga borishning eng yaxshi echimini qidirmoqda. Bunday voqealar sodir bo‘lgani juda achinarli.
Ma’lumot uchun, Bora Milutinovich murabbiylik faoliyati davomida Xitoy (2000-2002) va Iroq (2009-2010) kabi Osiyo terma jamoalarini boshqargan.
Bora MilutinovichRossiya OsiyoOsiyo FutboliXalqaro O'yinlarMurabbiylik FaoliyatiQatarda Yashovchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar