date

«Shalke» futbolchisi Noyshtedter Rossiya pasportini olish uchun Germaniya fuqaroligidan voz kechdi

«Shalke» futbolchisi Noyshtedter Rossiya pasportini olish uchun Germaniya fuqaroligidan voz kechdi

«Shalke» jamoasi yarim himoyachisi Roman Noyshtedter Germaniya fuqaroligidan voz kechgan. TASS agentligi xabariga ko‘ra, u Rossiya pasportini olish uchun shunday qarorga kelgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Sluskiy tomonidan Evropa chempionatida qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgandi. Sluskiy va Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko bir necha marta futbolchining Rossiya pasportini olish masalasi yaqin vaqt ichida hal bo‘lishini bildirgan.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, boshqa mamlakat fuqaroligini olgan germaniyaliklar nemis pasportidan mahrum bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Shalke» futbolchisi Noyshtedter Rossiya pasportini olish uchun Germaniya fuqaroligidan voz kechdi