410
Abduxoliqov: "O‘tgan yilgi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga intilamiz"
Xabaringiz bor, tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov bugun "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi klub matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.
– Temurxo‘ja, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz! Jamoamiz safiga qo‘shilishingiz qay tarzda yuz berdi?
- Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. Meni “Navbahor”ga klub prezidenti Otabek Arifovich Samatov va jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qilishdi.
Ta’kidlash joizki, “Navbahor”dan tashqari, yurtimiz hamda xorij klublaridan ham takliflar bor edi. Ammo bir qator omillarni hisobga olgan holda, “Navbahor” taklifini qabul qildim. Jumladan, “Navbahor” yangi mavsumda 3 ta frontda (Soca Cola Superligasi, O‘zbekiston kubogi va OCHL) kurash olib boradigan, o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan jamoalardan biri. Qolaversa, “Navbahor”ni 2011 yilda “Paxtakor” tarkibida oliy ligada (2018 yildan Superliga) debyut qilishimda menga ishonch bildirib, katta yordam bergan mutaxassis Samvel Vyacheslavovich boshqarmoqda.
Shuningdek, Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligi, muxlislar to‘la stadionda o‘ynashning gashti boshqachaligi, jamoaning har bir chizig‘ida raqobat borligi va raqobat bor joyda o‘sish bo‘lishini ham inobatga oldim.
O‘z navbatida shuni aytish lozimki, Samvel Vyacheslavovichga oliy ligada debyut qilishimda ulkan yordam berganliklari bois, o‘sha yaxshiliklarini qaytarish, ya’ni, yangi mavsumda “Navbahor”ning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qo‘limdan kelganicha, bor kuchimni ishga solgan holda, yordam berishga harakat qilaman.
O‘tgan mavsumda jamoa chempionlik unvoni va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishiga bir qadam qoldi hamda biroz omad yetishmadi. Bu yil jamoadoshlarim bilan o‘tgan yilgi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga intilamiz.
- Ayni paytda yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antalya shahrida olib borayotgan yangi jamoadoshlaringiz safiga qachon qo‘shilasiz?
- Xudo xohlasa, ertaga Antalyaga jo‘nab ketaman va yangi jamoam tarkibiga qo‘shilaman.
- “Navbahor” muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?
- Yangi mavsumda jamoani doimo, har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlab turishsin. Bu bizga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va biz ularning ishonchlarini oqlashga intilamiz. Baxtimizga muxlislar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.
Bizning ma’lumot
Temurxo‘ja Abduxoliqov – 1991 yil, 25 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Futbol bilan 9 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
Toshkentdagi MHSK futbol maktabida millionlar o‘yinidan tahsil olgan.
Birinchi murabbiyi: otasi – Zoir Abduxoliqov.
Ampluasi: hujumchi.
Futbolchilik faoliyati: “Bunyodkor” (o‘rinbosarlar, Toshkent, 2007-2010 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2011-2013 yillar), “Xayduk” (Split, Xorvatiya, 2014 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2015-2016 yillar, 2018 yilning 2-davrasi – 2019 yilning 1-davrasi, 2020-2021 yillar), “Al-Sayliya” SK (Doxa, Qatar, 2017 yil - 2018 yilning 1-davrasi), “Xor-Fakkan” (Xor-Fakkan, BAA, 2019 yilning 2-davrasi), “Qizilqum” (Navoiy, 2022 yil) klublarida o‘ynagan.
2023 yildan “Navbahor”da. Oilali. Uch farzandning otasi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi