
Foto: AP
Londonning «Chelsi» klubi «Shaxtyor» futbolchisi Mixail Mudrik transferini e’lon qildi. Klub rasmiy saytiga ko‘ra, ukrainalik 22 yoshli vinger London klubi bilan 8,5 yillik shartnoma imzolagan.
Mudrik bugun, 15 yanvar kuni Londonga yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Ukrainalik vinger yangi jamoasida yillik 7,5 million yevro maosh oladi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, «aristokratlar» 22 yoshli vinger uchun Ukraina klubiga bonuslar bilan birga 100 million yevro to‘laydi.
Avvalroq, «Arsenal» Mudrik transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin ekani, Ukraina klubi londonliklarning 68+28 million yevrolik taklifini oshirishni so‘rayotgani haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Mudrik UPL joriy mavsumida 12 o‘yinda 7 ta gol va 7 ta assist qayd etgan. YECHLda esa 6 o‘yinda 3 ta gol va 2 ta assistga erishgan.
Ma’lumot uchun, Mudrik Ukraina futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bungacha «MYU» «Shaxtyor»dan Fredni 59 million yevroga sotib olgani, klubning eng qimmat transferi sanalardi.
ChelsiMixail MudrikShaxtyorFutbol TransferiLondonga Yetib KelishYillik Maosh O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar