"Barselona" "Real"ni ishonchli tarzda mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi

"Barselona" "Real"ni ishonchli tarzda mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi
Ispaniya Superkubogi finalidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "ko‘k-anorranglilar" yirik 3:1 hisobida raqibidan ustun keldi.

Dastlab, 34-daqiqada Gavi hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggiga yaqin Levandovski farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. 69-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Pedri hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Qayd etish lozim, 2 va 3-gollarga Gavi assist vazifasini bajardi. Faqatgina asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Benzema farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
"Barselona" "Real"ni ishonchli tarzda mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi
"Barselona" "Real"ni ishonchli tarzda mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi
Shu tariqa, Xavi shogirdlari Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi.

"Real Madrid" — "Barselona" 1:3
Real Madrid
– Kurtua, Karvaxal (Nacho, 72), Ryudiger, Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 65), Kroos (Asensio, 72), Kamavinga (Rodrigo, 46), Valverde, Benzema, Vinisius Junior.
Barselona – ter Stegen, Arauxo (Erik Garsiya, 86), Kristensen, Kunde, Balde, Buskets, de Yong (Kessie, 87), Pedri (Serdji Roberto, 90), Gavi (Fati, 90), Levandovski, Dembele (Rafinya, 78).
Ogohlantirishlar: Mendi (32), Kristensen (49), Arauxo (68), Valverde (82).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar