date
views 244

“Real” ustozi Karlo Anchelotti: “Hali qaytamiz”

“Real” ustozi Karlo Anchelotti: “Hali qaytamiz”
Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin (1:3), “Real” ustozi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu o‘yinda saboq olishimiz kerak deb o‘ylayman. Hozir jamoa uchun oson bo‘lmagan vaqt. Va bu barchasini aytib turibdi.

Jamoa eng yaxshi formada emasligi ma’lum edi. Bu uchrashuv esa bizga ba’zi kamchiliklarni ko‘rsatdi. Hali qaytamiz. Endi esa keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish kerak.

O‘yin boshi teng o‘tdi, ammo “Barselona” birinchi golni urdi va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Bir jamoadek o‘ynashimiz lozim.
Xatolarni qanday tuzatishga kelsak, futbolchilarga o‘sha daqiqalarni ko‘rsatib, buning ustida ish olib bormoqdamiz.

“Valensiya”ga qarshi bahsda yaxshi himoya elementlarini ko‘rsatdik, bugun esa yana xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bu ustida ishlashimiz kerak
”, deydi Anchelotti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” ustozi Karlo Anchelotti: “Hali qaytamiz”
-->