date
views 306

Benzema Masharipov va Ronaldu jamoasiga o‘tishdan bosh tortdi

Benzema Masharipov va Ronaldu jamoasiga o‘tishdan bosh tortdi
Jaloliddin Masharipov o‘ynayotgan “An-Nasr” klubi Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin Yevropaning yana bir necha mashhur futbolchilariga taklif bilan chiqdi.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, saudiyaliklar “Real” hujumchisi Karim Benzemani ham o‘z safiga chorlagan. Biroq, fransiyalik hujumchi faoliyati yana bir karra Ronaldu bilan birga o‘ynash imkoniyatini qabul qilmadi.

35 yoshli to‘purar faoliyatini Madrtdda davom ettirishni rejalashtirgan. U ayni paytda amaldagi shartnomasini 2024 yilning yozigacha uzaytirishga harakat qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “An-Nasr” mutasaddilari PSJdan Serxio Ramos, “Real”dan Luka Modrich va “Barselona”dan Serxio Busketsga aloqaga chiqib, ularni Ronaldu ortidan klubga kelishga chaqirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Benzema Masharipov va Ronaldu jamoasiga o‘tishdan bosh tortdi