
Biznesmen Messi hamda Ronaldu qarama-qarshiligini ko‘rish uchun 2.6 million dollar pul to‘ladi.
19 yanvar kuni PSJ Ar-Riyodda Saudiyaning "Al-Hilol" hamda "Al-Nassr" jamoalarining qo‘shma tarkibi bilan o‘ynaydi. Krishtianu Ronaldu ushbu bellashuv uchun qaydnomaga kiritilgan.
Saudiyalik tadbirkor, "AqarOne" ko‘chmas mulk guruhi bosh direktori Mushref Al G‘amdi o‘yinga VIP chipta sotgan xayriya auksionida g‘olib chiqdi.
Auksion dastlab 1 million Saudiya rioli bilan boshlandi. Oxir-oqibat, Al G‘amdi taxminan 10 million rial to‘lab, g‘alaba qozondi.
O‘yin chiptasidan tashqari, Al G‘amdi kiyinish xonasiga kirib, futbolchilar bilan suratga tushishi mumkin. Kim oshdi savdosida tushgan pul xayriya ishlariga yo‘naltiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar