
Foto: Getty images
Sky Sports xabariga ko‘ra, Italiya futbol federatsiyasi sudi (FIGC) moliyaviy daromadlarni soxtalashtirish ishi bo‘yicha Turin klubini jazolashni so‘ragan prokurorning talabini qanoatlantirib, «Yuventus»ni A Seriya turnir jadvalida 15 ochkodan mahrum etishga qaror qilgan.
Shu tariqa, Turin klubidan 15 ochko olib tashlangach, bungacha 37 ochko bilan 3-o‘rinda bo‘lgan «Yuve» 22 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketadi.
Qayd etish joiz, «keksa sinoralar» sudning ushbu qarori bo‘yicha apellyatsiya berish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Turin klubi futbolchilarning transfer narxini oshirib ko‘rsatish, xodimlarning xarajatlarini hujjatlarda kamaytirish hamda aksariyat futbolchilarning oladigan maoshlarini yashirganlikda ayblangan edi.
Avvalroq, ushbu qallobliklar sababli klub rahbariyati 2022 yil yakunida to‘liq iste’foga chiqqandi.
YuventusA SeriyaTurin KlubiMoliyaviy QallobliklarFutbol FederatsiyasiTransfer Narxi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar