
Rossiyalik mashhur futbolchi va murabbiy Andrey Kanchelskis 2020 yili “Navbahor”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Tajribali murabbiy o‘ziga yangi ish joyi topish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari chempionatidagi jamoalardan biri bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.
- BAA jamoasi bilan muzokaralar murakkab kechmoqda. Chunki ular hech qayerga shoshilayotgani yo‘q. Ular xotirjam yashashga o‘rgangan va hech qaysi masalada shoshma-shosharlik qilmaydi. Biz esa, hammasini tez bo‘lishini istaymiz.
Aslida muzokaralarning davom etayotgani ham yaxshi. Keyingi hafta yana Amirliklarga borishga to‘g‘ri kelishi mumkin va atroflicha suhbatlashib olamiz. Arablar hech shoshilmaydi, - dedi Andrey Kanchelskis.
Andrey KanchelskisNavbahor JamoasiBAA ChempionatiFutbolchi MurabbiyYangi Ish JoyiMuzokara Olib Borish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar