Yurtimizdan iqtidorli o‘yinchilar yetishib chiqayotganini aytmasak ham yaxshi bilasizlar. Ayniqsa, Timur Kapadze boshqaruvidagi “Olimpik” va O‘zbekiston olimpiya terma jamoamizda kelajagi porloq futbolchilar yetarlicha. Ularning aksariyatiga chetdan qiziqarli takliflar borligi endi hech kimga sir bo‘lmasa kerak.
Bugun biz nomini tilga oladigan o‘yinchi ham ko‘zga tashlanib qoldi. Xorijlik skautlarning diqqat-markazida bo‘lib kelayotgan Ruslan Jiyanov faoliyatida yangi sahifa ochilish arafasida turibdi. “Olimpik” klubidagi o‘yinlari orqali ajoyib futbolchi ekanligini hamda kelajagi porloq ekanligini ko‘rsata olgan bu yigit O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birga Osiyo chempionatida ham yaxshi taassurot qoldirgandi-a?
Yangi mavsumda Jiyanov legionerga aylanishga juda yaqin turibdi. Chunki futbolchiga oldindan chetdan qiziqarli takliflar tushayotgandi. Endilikda voqealar rivoji vanihoyat tezlashgan ko‘rinadi. Boisi, Ruslan ayni paytda Moskvada bo‘lib turibdi. Sports.uz jurnalisti Jiyanov bilan bog‘lanib vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildi.
“O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz bilan Dubayga yig‘inga ketgandik, - deya gap boshladi, Jiyanov. - U yerdagi tayyorgarligimiz tugagach, men Dubaydan to‘g‘ri Moskvaga uchdim. Hozir agentlar klub bilan muzokara o‘tkazishmoqda. Ammo hali shartnoma imzolanmagani uchun jamoa nomini aytmay turganim ma’qul”.
Ruslan Jiyanov legioner bo‘lib o‘ynashga tayyormi yoki uning o‘zi xorijda to‘p surishga oshiqyaptimi? Chetga chiqayotgan har bir futbolchimizda mas’uliyat katta bo‘ladi. Har qalay O‘zbekiston nomidan to‘p surishi ham zimmasidagi qo‘shimcha vazifalar yuklaydi. Buning ustiga unga o‘tgan yildan beri xorijdan jiddiy qiziqishlar bo‘lib kelyapti. Ruslan yuqoridagilardan kelib chiqib shunday dedi:
“Yo‘q, meni hech kim shoshiltirmayapti. O‘zimda legioner sifatida to‘p surish xohishim ko‘proq. Chunki bu mening yoshlikda qilgan orzuim. Legionerlar ko‘paysa, futbolchi ham kuchayadi, deb o‘ylayman. Kuchliroq chempionatda yana terma jamoa uchun ham foydali va kuchliroq bo‘lib kelamiz”.
“Olimpik” klubi va O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Jiyanovga ustozlik qilgan holda uning potensiali ortishiga katta turtki berib kelayotgani haqiqat.
“Timur aka Kapadze har doim bizni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Undan oldingi gapim shunga misol. Qancha kuchaysak terma jamoalarimiz uchun ham shuncha yaxshi. Xudo xohlasa, endi shartnoma tuziladi”, - deya fikr bildirdi, Ruslan Jiyanov.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”