20:29 / 25.01.2023
560

Shomurodov Germaniya, Ispaniya va Fransiya klublariga qayerda o‘ynashini aytdi!

Shomurodov Germaniya, Ispaniya va Fransiya klublariga qayerda o‘ynashini aytdi!
Qishki transferlar oynasining so‘nggi kunlarida Eldor Shomurodovni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan klublar safi ancha kengayib ketdi.

Italiyaning bir necha klublaridan tashqari Germaniyadan “Bayer”, Ispaniyadan “Valyadolid”, Fransiyadan “Lill” va “Renn” jamoalari “Roma”da o‘yin amaliyoti taqdim etilmayotgan hujumchi uchun kurashga qo‘shilgan edi.

Sky Sport nashrining ma’lum qilishicha, Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishini yana bir karra ta’kidlaganidan keyin yuqori nomi keltirilgan xorij klublari o‘zbek hujumchisidan umidini uzdi. Bu ma’lumotni mashhur insayder Nikolo Skira ham tasdiqladi.

- Eldor Shomurodov uchta xorijiy davlatdan tushgan katta takliflarni rad etdi. U A Seriyada qolishni istaydi. “Roma”dan ketishga tayyor. “Spetsiya”, “Torino” va “Kremoneze” futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun o‘zaro raqobatlashmoqda, - deb yozdi Nikolo Skira.

Darhaqiqat, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto yuqorida nomi keltirilgan jamoalar bilan muzokara olib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. Katta ehtimol bilan rimliklar Shomurodovlar keyinchalik sotib olish majburiyati yoki huquqi bilan uni mavsum oxirigacha ijaraga berishi kutilmoqda.

“Valensiya” transfer masalasini yozga qoldirdi

“Roma” hujumkor futbolchisi Jastin Klyuyvert mavsum boshidan beri “Valensiya”da ijara asosida to‘p tepmoqda.

Ispan klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo niderlandiyalik futbolchining harakatlaridan qoniqish hosil qilib, klub mutasaddilaridan uni to‘liq transfer qilishni so‘ragan.

“Valensiya” rahbariyati bu borada “Roma” sport direktori Tyagu Pinto bilan muzokaraga kirishgan edi. Boshida poytaxtliklar o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchi uchun ispanlardan 10 million yevro badal puli talab qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Valensiya” oxirigi pallada transferni amalga oshirmaslikka qaror qilgan. Ispaniyaliklar bu masalani mavsum yakunlangach, yozgi transferlar davrida xotirjam muhokama qilmoqchi.

Jastin Klyuvert joriy mavsumda La Ligada 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, “Osasuna”, “Betis” va “Almeriya” jamoalari darvozasiga bittadan to‘p kiritgan. Niderlandiyalik hujumchi gol urgan o‘yinlarda “Valensiya” ikkita g‘alaba va bitta durang qayd etgan.

Faqat bitta transfer o‘xshashi mumkin

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto klub futbolchilariga og‘iz solayotgan jamoalarning hammasiga bir xil talab qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, xaridor jamoalar o‘zlariga kerak futbolchi uchun qishki transferlar vaqtida belgilangan badal pulini to‘liq to‘lashi yoki avvaliga mavsum oxirigacha ijaraga olib, yozda to‘liq hisob-kitob qilish majburiyatini bo‘yniga olishni so‘ramoqda.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov, Rik Karsdorp va ketishga chog‘langan boshqa futbolchilarning yo‘lini aynan mana shu talab to‘sib turibdi.

Hozircha, faqatgina Matias Vina transferida oldinga siljish kuzatilmoqda. Angliyaning “Bornmut” klubi urugvaylik himoyachini mavsum oxirigacha bir million yevro evaziga ijaraga olib, keyin o‘zaro kelishilgan lekin omma e’tiboridan sir tutilayotgan summaga uning transferini to‘liq sotib olishga ko‘ngani aytilmoqda.

Jahon chempionatida ishtirok etgan Vinaning o‘zi ham Rim klubida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga tayyorligini yashirmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Germaniya, Ispaniya va Fransiya klublariga qayerda o‘ynashini aytdi!