Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etishga yaqin. 27 yoshli hujumchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun jamoasini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
Qishki transferlar oynasining so‘nggi kunlarida bir necha klub Shomurodovni olishga harakat qilayotgan edi. O‘zbek futbolchisi faoliyatini Italiyada davom ettirishini yana bir bor qat’iy ta’kidlaganidan keyin Germaniyaning “Bayer”, Ispaniyaning “Valyadolid”, Fransiyaning “Lill” va “Renn” klublari kurashdan chiqdi.
Oxirida A Seriyadan uchta variant qolgandi. Ulardan biri Shomurodov o‘zi o‘tishni istayotgan “Torino” rahbariyati kutilmaganda fikrini o‘zgartirdi. Turinliklar Eldor bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Ular “Roma” sport direktori Tyagu Pintoga o‘yinchini so‘rab, bir necha bor murojaat ham qildi.
Biroq, ish pishmadi. “Torino” mutasaddilari hujum chizig‘iga Eldor Shomurodovni olib kelish variantidan voz kechdi. Manbalarning ta’kidlashicha, turinliklar maydon markazini kuchaytirish uchun “Verona”ning serbiyalik frim himoyachisi Ivan Ilichni transferini amalga oshiradigan bo‘lyapti.
“Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 21 yoshli futbolchining transfer summasi Shomurodovniki bilan deyarli bir xil. Uni 13-14 million yevro evaziga qo‘lga kiritish mumkin. Tyagu Pinto ham o‘zbek futbolchisi uchun xaridorlardan shu atrofdagi summani talab qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Italiya futbolini yoritayotgan deyarli barcha manbalar Eldor Shomurodovga da’vogar bo‘lgan faqat ikki klub – “Spetsiya” va “Kremoneze” qolgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Bu ma’lumotni taniqli insayderlar Janluka Di Marsio va Nikolo Skira o‘z tarmoqlari orqali tasdiqlagan xabarlarni joyladi.
Shuningdek, bir necha saytlar Eldor Shomurodov takliflarga javobini shu ikki kun ichida aytishi va bir qarorga kelishi kutilayotgani haqida ham yozdi.
Eldor Shomurodov “Roma”ga 2021 yilning yozidan “Jenoa”dan 18 million yevro evaziga olib kelingan edi. Hujumchimiz Joze Mourino qo‘l ostida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Bir yarim yil davomida portugaliyalik mutaxassis o‘zbek futbolchisini jami 48 marotaba maydonga tushirdi. Bu uchrashuvlarning aksariyatida Eldor bir necha daqiqa o‘ynagan xolos.
Rim klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin legionerimiz oltitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Joriy mavsumda Shomurodovning o‘yin amaliyoti yanada kamaydi. U A Seriya va Yevropa ligasida 8 ta bahsda qatnashib, 151 daqiqa harakat qildi va bitta gol urdi.
2023 yil hisobida hali futbolchimiz birorta uchrashuvda qatnashgani yo‘q. Joze Mourino bundan keyin ham unga imkon berishi dargumon. Portugaliyalik murabbiy asosiy tarkibda hujumchilardan faqat Temmi Abraxam va Paulo Dibalani o‘ynatmoqda. Zaxiradan Andrea Belotti va Stefan El-Shaaravini tushiryapti. Endi ular qatoriga yangi hujumchi Ola Solbakken qo‘shildi.
Bundan kelib chiqadiki, Shomurodov maydonda javlon urishi uchun yagona variant – boshqa jamoaga o‘tish. Lekin unga xaridor bo‘layotgan “Spetsiya” ham, “Kremoneze” ham quyi ligaga tushib ketishi mumkin bo‘lgan jamoalardir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi