Bartomeu: «Barselona» Messi uchun Yevropadagi eng so‘nggi jamoasi bo‘ladi

Bartomeu: «Barselona» Messi uchun Yevropadagi eng so‘nggi jamoasi bo‘ladi
Bartomeu: «Barselona» Messi uchun Evropadagi eng so‘nggi jamoasi bo‘ladi

“Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa yetakchilari Messi, Neymar va Suares hech qaerga ketmasligini aytdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.

“Messi, Neymar yoki Suares “Barselona”dan ketmaydi. Ularning hammasi bu yerda baxtiyor. Har bir futbolchi ushbu klubda to‘p surishni orzu qiladi va ketish haqida o‘ylamaydi. Hech kim menga ketish borasida murojaat qilmadi va hamma uchun xotirjamman.

Matbuotda tarqalayotgan xabarlarni o‘qib turaman. Albatta, Yevropa grandlarining “Barselona” futbolchilari bilan qiziqishi yaxshi, ular bunga munosib. Lekin ular baxtiyor ekanini yana bir bor ta’kidlayman.

Messi bilan bir necha oy avval suhbatlashganimda, “Barselona” uning Yevropadagi so‘nggi klubi bo‘lishini aytgandi. U Yevropadagi faoliyatini aynan shu yerda tugatmoqchi”, – dedi Bartomeu.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar