"Navbahor" navbatdagi bahsda Bolgariya klubini mag‘lub etdi

"Navbahor" navbatdagi bahsda Bolgariya klubini mag‘lub etdi
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Navbahor" jamoasi Bolgariyaning “Septemvri” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda "lochinlar" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Namanganliklarning gollariga Asad Sobirjonov, Shohruz Norxonov, Jamshid Iskanderov va Ibrohim Yo‘ldoshev mualliflik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, bundan oldingi o‘yinda "Navbahor" Rossiyaning "Nijniy Novgorod" jamoasini 1:0 hisobida taslim etgandi. Bellashuvda yagona gol Shohruz Norxonov nomiga qayd etilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar