17:10 / 31.01.2023
320

Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi

Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Kollaj: “Daryo”
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov (25-8) UFC’dagi oltinchi jangini 2023 yilning 11 martida o‘tkazadi.

Bu haqida sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. Murodov Las-Vegasda tashkil etilayotgan UFC Fight Night musobaqasi doirasida asli dog‘istonlik bo‘lgan Germaniya vakili Abusufyon “Abus” Magomedovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Mazkur ikki jangchi aslida 2022 yil 3-sentyabr kuni Parijda jang qilishi kerak edi, biroq hujjatlar masalasi tufayli jang bekor qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Murodov oxirgi jangini 22 oktabr kuni UFC 280 musobaqasida Braziliya vakili Kayo Borralyoga qarshi jang qilib, mag‘lub bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC'dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. To‘rtinchi jangda esa Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi