date
views 304

O‘zbekiston yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

O‘zbekiston yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi
O‘zbekistonlik shaxmatchilarning so‘nggi bir yil davomida xalqaro arenalardagi sensatsion g‘alabalari ortidan O‘zbekiston – yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’tirof etildi.

Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan «Tour D'or» - «Oltin minora» sovrinini qabul qilib olishdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Tata Steel Chess 2023»ni Nodirbek Abdusattorov 8 ochko va 2-o‘rin bilan yakunlagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi