Xabaringiz bor, yaqindagina yoshlar o‘rtasida (U22)Osiyo chempionati yakuniga yetdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Quvonarlisi, ushbu chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” nominatsiyasi ham yurtdoshimiz Nurislom Ismoilovga nasib etdi. -71 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionligini ham qo‘lga kiritgandi.
Biz ushbu iste’dodli vakilimiz bilan bog‘lanib, suhbat qurdik.
- Avvalo, Osiyo chempionligi va turnirning “Eng yaxshi bokschisi” bo‘lganingiz bilan tabriklaymiz!
- Rahmat.
- Albatta, so‘ngi yillardagi muvaffaqiyatlaringiz orqali sizni boks muxlislari anchagina yaxshi bilib olishgani aniq. Shunday bo‘lsa-da, batafsil ma’lumotni o‘zingizdan eshitsak, yanada qiziqarliroq bo‘lardi...
- 2002 yil Qo‘qon shahrida tavallud topganman. 12 yildan buyon “Oltin qo‘lqop” klubida shug‘ullanib kelaman.
- “Oltin qo‘lqop” klubi o‘zbek boksiga anchagina yetuk kadrlarni tarbiyalab bergandi. Ularning qay birlariga havas qilgansiz va hozirda ham maslahatlashib turasiz?
- Albatta, klubda barcha narsa bor. O‘z bazasiga ega, qisqa qilib aytganda, barcha qulayliklar bor. Shuning uchun ushbu maskanda yaxshi bokschilar tarbiya topmoqda. To‘g‘ri aytasiz, bu klubdan Elshod Rasulov, Sardor Abdullayev kabilar yetishib chiqqan va ularga havas qilib, boksda o‘z o‘rnimizni topishga harakat qilayapmiz. Hozirda ham ular o‘z maslahatlarini bizdan ayamaydi.
- Keling, shu kunga qadar erishgan natijalaringizga ham to‘xtalib o‘tsangiz?
- O‘smir va yoshlar o‘rtasida 2 karra O‘zbekiston chempioni va bir nechta xalqaro turnirlar g‘olibi bo‘lganman. O‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida 2-o‘rin va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘ldim. Shuningdek, so‘ngi kattalar bo‘yicha mamlakat chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdim.
- Baribir sportchining kamol topishida va natijalar qayd etishida murabbiyning o‘rni juda katta bo‘ladi. To‘g‘rimi?
- Abatta. Mening ham yutuqlarimda barcha murabbiylarimning o‘rni bor. Qolaversa, ustozim Mansur aka Muqimovning ko‘rsatmalari va maslahatlariga quloq tutib, shunday natijalarga erishyapman.
- Bevosita Osiyo chempionatida ham shaxsiy murabbiyingiz Mansur Muqimov hamrohlik qildi. Bu ham qo‘shimcha motivatsiya bergandir?
- Xuddi shunday. Turnir mobaynida yonimda bo‘lganligi va kerakli ko‘rsatmalarni berib turgani menga katta yordam berdi.
- Osiyo chempionati finalida qozog‘istonlik Sabirjon Akkalikov bilan bo‘lgan jang nazarimda turnirdagi eng qiyini bo‘ldi?
- Bunday turnirlarda oson jangning o‘zi bo‘lmaydi. Biroq, qozog‘istonlik raqibim rostdan juda jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Murabbiylarimning ko‘rsatmalari bilan g‘alabani o‘z tomonimga og‘dira oldim.
- Menimcha kattalar o‘rtasidagi so‘ngi O‘zbekiston chempionatining finalida ham juda murosasiz jang o‘tkazgandingiz?
- Ha, chempionatda to‘rtta jang o‘tkazdim. Barcha raqiblarim juda yaxshi tayyorgarlikka ega ekan. Ammo, finaldagi raqibim Bahtiyor G‘ofurov hayron qoldirdi. Qanchalik kuchli zarbalar yo‘llashimga qaramay, jang yakunlanguncha munosib qarshilik ko‘rsata oldi.
- Umuman o‘zi terma jamoa yig‘inlarida ko‘proq kimlar bilan sparring o‘tkazasiz?
- Vazn toifamda juda yaxshi sparring sheriklar bor. Ular ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ko‘proq, Kamron Turg‘unboyev, Bahtiyor G‘ofurov bilan ishlaymiz.
- Osiyo chempionatining “Eng yaxshi bokschisi” nominatsiyasi uchun tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirilgan bo‘lsangiz kerak?
- Albatta.
- Sir bo‘lmasa agar...?
- 1000 AQSH dollari bilan taqdirladi. Yanada kattaroq mukofotni “Oltin qo‘lqop” klubidan oldim. Ya’ni, ustozim Mansur aka Muqimov klub nomidan menga “Spark” mashinasini sovg‘a qildi.
- Ko‘plab bokschilarimiz havaskor va professional yo‘nalishni barobar tarzda olib borishmoqda. Balki sizda ham bu borada qandaydir rejalar bordir?
- Yo‘q. Nasib qilsa, havaskor yo‘nalishda jahon chempionati va Olimpiadada g‘alaba qozonganimdan keyin professionalga o‘tishni maqsad qilganman.
- Bu oson bo‘lmaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston miqiyosida 1-raqamli bo‘lish anchagina mehnatni talab qiladi. Bu borada asosiy raqobatchi sifatida kimni ko‘rmoqdasiz?
- To‘g‘ri, lekin harakat qilamiz. Albatta, bu borada Saidjamshid Jafarovni aytgan bo‘lardim.
- Nurislom mazmunli suhbat uchun tashakkur!
- Sizlarga ham rahmat.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?