Saudiya Arabistoni chempionati 15-turidan o‘rin olgan "Al-Fotih" - "An-Nasr" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Mezbonlar safida Telo hamda Bendebka gol urga bo‘lsa, riyodliklarning tarkibida Taliska raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shuningdek, Ronaldu uchrashuv yakuniga yaqin penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Legionerimiz Masharipov zaxiradan maydonga tushib, penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Aynan u ishlagan 11 metrlik zarbani portugaliyalik forvard golga aylantirdi.
Ushbu natijadan so‘ng "An-Nasr" hisobidagi ochkolar soni 34 taga yetdi va ular Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
Qayd etish lozim, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar futbolchisi Taliska qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirildi.
"Al Fath" — "Al Nassr" 2:2
Gollar: 1:0 – 12 Telo, 1:1 – 42 Taliska, 2:1 – 58 Bendebka, 2:2 – 90, penalti Ronaldu.
Al Fatex – Rinne, Al-Zubaydi (Aljari, 81), Al-Daxim, Saadan, Buxumaid (Al Najdi, 62), Al-Fuxaid (Al-Musa, 81), Petros, Al-Breykan, Telo (Aljassem, 72), Bendebka, Al-Xulayf (Alothma, 62).
Al Nassr – Rossi, Al-Ganam (Bushal, 83), Al-Avdjami (Al-Xassan, 87), Al-Amri, Konan, Luis Gustavo, Taliska, Al-Xaybari (Al-Sulayxim, 65), Yaxya (Masharipov, 65), Ronaldu, Garib (Martines, 65).
Ogohlantirishlar: Bendebka (63), Al-Avdjami (78), Ronaldu (90), Al-Daxim (90).
Chetlatish: Taliska (90). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?