Superliga futbol klublari yangi mavsumni qaysi stadionda boshlashi ma’lum bo‘ldi. U20 Osiyo kubogining parallel start olishi chempionat uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi tabiiy. Liga ularga aniq yechimlar topish ustida ish olib boryapti.
Rejaga ko‘ra, Superliganing yangi mavsumi 3 mart kuni start oladi. “Nasaf” Chempionlar ligasida ishtirok etishidan kelib chiqib, O‘zbekiston Superkubogi o‘yini Superliga starti oldidan emas, balki 14 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Ammo O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyi uchun rejasidan kelib chiqib, Superkubok sanasi yana o‘zgarishi mumkin. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
7 fevral kuni esa Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi. Jarayon 21:00 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirga olib chiqiladi.
U20 Osiyo kubogidan kelib chiqib, Liga qur’a oldidan futbol jamoatchiligi e’tiborini quyidagi masalaga qaratadi. Mart oyidagi FIFA kunlariga qadar “Neftchi”, “Bunyodkor”, AGMK yoki “Olimpik” futbol klublari o‘zaro to‘qnash kelib qolsa, katta ehtimol bilan ular ishtirokidagi o‘yinlar boshqa sanada o‘tkaziladi.
Mazkur jamoalar dastlabki turlar davomida uy uchrashuvlarini boshqa klublarga qarshi o‘tkazishiga to‘g‘ri kelsa, mazkur bellashuvlar avtomatik ravishda raqib maydoniga ko‘chiriladi. Qolgan barcha holatga qur’a jarayonida batafsil tushuntirish beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?