19:23 / 05.02.2023
415

Shomurodov “Napoli”ga qarshi o‘yindan oldin bergan qisqa intervyuda nimalar dedi?

Shomurodov “Napoli”ga qarshi o‘yindan oldin bergan qisqa intervyuda nimalar dedi?
“Spetsiya”ga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov “Napoli”ga qarshi debyut uchrashuvidan bir necha daqiqa oldin Sky Sport nashriga qisqa intervyu berdi.

- Men tayyorman. Ilk daqiqalardan maydonda o‘ynashni sog‘ingandim. Gol urishni istayman. Lekin birinchi o‘rinda jamoamga yordam berishim kerak.

Mister Gotti bilan gaplashdim. U menga aytgan asosiy gap, biz bir oila ekanimizni va bu juda muhim omilligini ta’kidlagani bo‘ldi
, - dedi Eldor Shomurodov.

Ma’lumki, “Roma”da o‘yin amaliyoti berilmagan Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasi yopilishi arafasida “Spetsiya”ga ko‘chib o‘tdi. Rim klubi o‘zbek hujumchisini mavsum oxiriga qadar ijaraga berdi. Bu muddat uchun “Spetsiya” 1,5 million yevro to‘laydi.

“Spetsiya”da Shomurodovning transferini to‘liq sotib olish huquqi yo‘q. Mavsum yakunlanishi bilan hujumchimiz yana poytaxtga qaytishi belgilangan.

Luka Gotti jamoasida legionerimiz 14-raqamni tanlagan.

“Spetsiya” Shomurodovning A Seriyadagi uchinchi jamoasi. 2020 yilning oktabrida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov”dan “Jenoa”ga 9 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan hujumchimiz Genuya klubida bir mavsum o‘ynadi.

Bu muddat ichida jami 32 ta uchrashuvda qatnashib, sakkizta gol va ikkita assist qayd etdi. 2021 yilning yozida JOze Mourino “Roma”ni qabul qilib olgach, tarkibda o‘zgarishlar qildi. O‘zgarishlar jarayonida rimliklar “Jenoa”dan Eldor Shomurodovning transferini amalga oshirdi.

“Roma” o‘zbek hujumchisi uchun 18 million yevro to‘ladi. Hali hech bir o‘zbek futbolchisi bu qadar katta summaga transfer qilinmagan edi.

Eldorning “Roma”dagi faoliyati ko‘ngildagidek boshlandi. Biroq, keyinchalik Rimdagi ilk mavsum o‘rtalarida Joze Mourino “Yuventus”dan uchralgan mag‘lubiyat aybini Eldor Shomurodovga to‘nkadi.

Shundan keyin futbolchimizning o‘yin amaliyoti keskin kamayib ketdi. Joriy mavsumda esa, portugaliyalik murabbiy yarim mavsum davomida Eldorni jami 151 daqiqa o‘ynatdi, xolos.

27 yoshli hujumchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Roma”ni tark etishiga to‘g‘ri keldi. “Spetsiya”dagi yarim mavsum terma jamoamiz sardori uchun yangi sinov hisoblanadi. Kuchli beshlik chempionatlaridagi faoliyatining qanday davom etishi ijara muddatida qayd etadigan ko‘rsatkichlariga bog‘liq.

Shomurodov “Roma”da bir yarim mavsum davomida jami 48 ta uchrashuv o‘tkazib, oltita gol va yana shuncha assist muallifi bo‘ldi. Jamoa bilan UYEFA tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan Konferensiyalar kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Endi Shomurodovning “Spetsiya”dagi faoliyati Rim klubidagidan ancha samarali bo‘lishiga umid qilamiz. Chunki Luka Gotti Joze Mourinodan farqli o‘laroq, Eldor Shomurodovga boshlang‘ich tarkibning asosiy hujumchisi sifatida munosabat qilmoqda va katta ishonch bildirayotganini alohida ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov “Napoli”ga qarshi o‘yindan oldin bergan qisqa intervyuda nimalar dedi?