date

«Real» - «Atletiko». Final oldidan kim qanday fikrda?

«Real» - «Atletiko». Final oldidan kim qanday fikrda?

Bugun tunda Evropa Chempionlar Ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “San-Siro”da “Real” va “Atletiko” jamoalari o‘zaro kurashadi. Yilning eng muhim uchrashuvi oldidan tomonlar, boshqa jamoadagi futbolchilar, murabbiylar o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Krishtianu Ronaldu: Finalda to‘p surishni va jamoamizga g‘alaba keltirishni juda istayman. Asosiysi, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimiz yuqoriligini ko‘rsata olishimiz lozim. Menga ketma-ket ikki marotaba “Oltin to‘p”dan ko‘ra, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni yaxshiroq. Shunday ekan, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun borimizni berishga tayyormiz.

Fernando Torres: Juda muhim o‘yinlarimdan biri bo‘ladi. Biz g‘olib chiqishga harakat qilamiz. “Chelsi”da bu ishni bajarishni uddasidan chiqqandik. Endi “Atletiko” bilan Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishni istayman. O‘ylaymanki, shanba oqshomida barcha o‘ylagan rejalarimizni amalga oshiramiz.

Serxio Ramos: Faoliyatimdagi eng muhim turnirlarda biri bo‘lishiga shubhasiz. Men Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni juda ham istayman. Bu muhim turnir hisoblanadi. Ispaniya chempionatida g‘olib chiqa olmagan bo‘lsak-da, muxlislarimiz oldidan ushbu turnirda muvaffaqiyatga erib, aybimizni yuvmoqchimiz.

Yan Oblak: Fantastik o‘yinlarimiz orqali finalga qadar etib kelishni uddasidan chiqdik. Endi muhim o‘yinda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurashamiz. “Real” juda kuchli jamoa hisoblanadi. Tarkibi jihatidan ham ancha shakllangan. Fantastik bellashuv bo‘lishiga shubham yo‘q. Kim o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, albatta o‘sha jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

Alan Shirer: Madrid jamoalarining bu yilgi ko‘rsatgan o‘yinlarini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Bilasizmi, ular ichki chempionatda g‘oliblikni qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, lekin EChLda buni uddalashi mumkin. Qaysi jamoa finalga har tomonlama tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha muvaffaqiyatga erishadi deb o‘ylayman.

Iker Kasilyas: “Real” uchun muhim o‘yin bo‘ladi. Men bu o‘yinda sobiq jamoaga omad tilayman. Ular yana bir marotaba Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni uddasidan chiqishadi. Bunga jamoaning imkoniyatlari etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» - «Atletiko». Final oldidan kim qanday fikrda?