
A Seriyasining 21-turida "Yuventus" "Salernitana" maydoniga safar uyishtirdi. O‘yin turinliklarning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida Vlaxovich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi taym so‘ngida Kostich ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi va oradagi farq ikkitaga yetdi. 47-daqiqada Vlaxovich dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob 0:3.
Shu tariqa, "Yuventus" o‘z uyiga 3 ochko bilan qaytdi. Klub turnir jadvalida 26 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Salernitana – Yuventus 0:3
Gollar: 0:1 – 26, penalti Vlaxovich, 0:2 – 45 Kostich, 0:3 – 47 Vlaxovich.
Salernitana – Ochoa, Trost-Ekong, Bronn, Bradarich (Bonatssoli, 60), Vilena (Lovato, 46), Kulibali (Kastanos, 79), Nikolussi-Kavilya (Boxinen, 71), Sambiya, Kandreva, Pentek (Chrnigoy, 71), Dia.
Yuventus – Shchensni, De Shilo (Ayling, 80), Aleks Sandro, Danilo, Bremer, Kostich (Kuadrado, 62), Rabo, Lokatelli, Miretti (Fajoli, 43), Di Mariya (Keza, 62), Vlaxovich (Kin, 79).
Ogohlantirish: Rabo (16), Vilena (23). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar